locale OZ

Nemanya Chalasan “Andijon”da toʻp suradi

Andijon muxlislari uchun keyingi rasmiy xabarni maʼlum qilamiz.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nemanya Chalasan “Andijon”da toʻp suradi
photo: Andijon fk

Joriy yilgi mavsumni Qozogʻistonning “Elimay” klubida oʻtkazgan legioner - himoyachi Nemanya Chalasan“Andijon”ning yangi aʼzosiga aylandi.

U 1996-yilning 17-mart sanasida Serbiyada tavallud topgan. Faoliyati mobaynida Serbiyaning “Bachka Subotitsa”, “Spartak”, “Chukarichki”, Portugaliyaning “Shavish” va “Leyshoesh” kabi jamoalarida ham toʻp surgan. Oxirgi klubi esa yuqorida aytib oʻtganimizdek, “Elimay” hisobalanadi.

Chalasan Qozogʻiston premyer-ligasi va Kubok musobaqasida hammasi boʻlib, 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 4 ta golli uzatmani bajargan. Umumiy hisobda esa ushbu himoyachi hozirga qadar faoliyati davomida 229 ta oʻyinda qatnashib, raqiblar darvozasiga 6 ta gol urgan va 9 ta golli pas bergan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting