locale OZ

Nelson Semedu — «Fenerbahche» futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nelson Semedu — «Fenerbahche» futbolchisi
Photo: Getty Images

“Vulverxempton” bilan xayrlashgan Nelson Semedu faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Portugaliya terma jamoasining 31 yoshli o‘ng qanot himoyachisi “Fenerbahche” a’zosiga aylandi. Tomonlar 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi faoliyati davomida “Benfika” va “Barselona” kabi jamoalarda ham o‘ynagan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 9 million yevroga teng.

Semedu o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 34 o‘yin o‘tkazib, 4 ta golga assistentlik qilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting