locale OZ

Nega \"Manchester Yunayted\" Ederson transferidan voz kechdi?

Qayd etilishicha, Italiya klubi Edersonning sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammo yo'qligiga ishonmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Nega "Manchester Yunayted" Ederson transferidan voz kechdi?
Foto: Getty Images

Mashhur insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisi Ederson transferini bekor qilishga qaror qilgan.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchining tibbiy ko'rigi davomida tizzasida muammo aniqlanganidan so'ng tavakkal qilishni istamagan. Shu sababli "Manchester Yunayted" transferni yakunlamaslik haqida "Atalanta" rahbariyatini rasman xabardor qilgan.

Qayd etilishicha, Italiya klubi Edersonning sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammo yo'qligiga ishonmoqda va futbolchini yangi mavsum uchun jamoa safiga qaytarishga tayyor.

Shu tariqa, bir necha haftadan beri muzokaralar olib borilgan transfer amalga oshmaydigan bo'ldi. Endi "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarga e'tibor qaratadi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting