locale OZ

Neftchining Antalya shahrida tashkil etilgan ikki bosqichli o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘z nihoyasiga yetdi

Yig‘in davomida 30 nafar futbolchi maydonga chiqdi, ularning 11 nafari yosh iqtidor egalari ekani alohida e’tiborga loyiq.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neftchining Antalya shahrida tashkil etilgan ikki bosqichli o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘z nihoyasiga yetdi
photo: Neftchi FK

3-yanvardan 20-yanvargacha davom etgan birinchi bosqich hamda 24-yanvardan 17-fevralgacha bo‘lib o‘tgan ikkinchi bosqich orqali jamoamiz yangi mavsum oldidan puxta tayyorgarlik jarayonini to‘liq yakunladi.

Bosh murabbiy Islombek Ismoilov va murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan reja asosida futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar asosan taktik ishlanmalar, o‘yin sxemalarini mukammallashtirish, jismoniy holatni yaxshilash hamda analitik tahlillar asosida kamchiliklarni bartaraf etishga qaratildi. Jarayon yuqori intizom, professional yondashuv va ijobiy muhitda kechdi.

Nazorat uchrashuvlarida esa mashg‘ulotlarda ishlab chiqilgan taktik g‘oyalar va sxemalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi. Jamoamiz yig‘in davomida jami 9 ta nazorat o‘yinida maydonga tushib, shulardan 6 tasida g‘alaba qozondi va 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Bu natijalar tayyorgarlik jarayonining samarali o‘tganini ko‘rsatadi.

Yig‘in davomida 30 nafar futbolchi maydonga chiqdi, ularning 11 nafari yosh iqtidor egalari ekani alohida e’tiborga loyiq. Bu esa jamoamizda sog‘lom raqobat va kelajak uchun mustahkam zaxira shakllanayotganidan dalolat beradi.

Shu tariqa, Antaliyada o‘tgan yig‘in mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi va jamoamiz bugun O‘zbekistonga qaytmoqda. Endi asosiy e’tibor rasmiy uchrashuvlarga qaratiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting