locale OZ

«Neftchi» yangi futbolchilarni tanishtirdi

Shaxsiy raqam tushirilgan futbolkalarni bevosita ularning qo‘lidan qabul qilishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» yangi futbolchilarni tanishtirdi
Фото: Нефтчи ПФК

2026 yilgi yangi mavsum oldidan Neftchi Fargʻona klubi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan tanishtiruv marosimi bu gal mutlaqo yangicha ruh va mazmunda tashkil etildi.

Avvalgi yillardan farqli ravishda, bu safar yangi a’zolarni tanishtirish shunchaki sahna va rasmiy taqdimot bilan cheklanib qolmadi. Marosim avvalo mehr-shafqat va insonparvarlik g‘oyalari asosida o‘tkazildi. Yangi futbolchilar nogironligi bo‘lgan bolalar bilan birga sahnaga chiqib, shaxsiy raqam tushirilgan futbolkalarni bevosita ularning qo‘lidan qabul qilishdi. Bu esa tadbirga alohida samimiyat va ta’sirchanlik bag‘ishladi.

Tadbir doirasida “Mehr bilan kuchlimiz” va “Biz birgalikda kuchmiz” shiorlari ostida jamoa va bolalar bir ovozdan chiqish qilishdi. Shuningdek, futbolchilar master-klass ko‘rsatishlari, bolalar bilan esdalik suratlari va sovg‘alar ulashish jarayonlari tashkil etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting