locale OZ

«Neftchi» Vitaliy Levchenko bilan xayrlashdi

2025 yil 30 noyabr kuni Vitaliy Levchenkoning "Neftchi" klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» Vitaliy Levchenko bilan xayrlashdi
Фото: Нефтчи ПФК

Vitaliy Levchenko "Neftchi" bilan xayrlashdi. Bu haqda fargʻonaliklar rasmiy telegram-kanali xabar berdi.

«Ukrainalik mashhur mutaxassis, 2022 yilda "Neftchi" rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Vitaliy Grigorevich Levchenko jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionlik darajasigacha olib chiqish yuzasidan qoʻyilgan vazifalarni katta mas'uliyat bilan bajarishga kirishdi. Uning bu qat'iy mehnati 2025 yil mavsumida oʻz amaliy natijasini berdi. Joriy yilning 22 noyabr kuni Vitaliy Grigorevich boshchiligidagi jamoamiz "Qizilqum" bilan boʻlib oʻtgan bellashuvda ishonchli gʻalaba qozonib, muddatidan oldin Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi.

2022–2025 yillar davomida uning boshqaruvidagi jamoa 106 ta rasmiy uchrashuv oʻtkazib, 52 ta gʻalaba, 35 ta durang va 19 ta magʻlubiyatni qayd etdi.

2025 yil 30 noyabr kuni Vitaliy Levchenkoning "Neftchi" klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Shu bilan birga, "Neftchi"ning murabbiylar shtabida Vitaliy Levchenko bilan birga faoliyat yuritgan Anvarjon Norqulov, Andrey Annenkov va Farrux Berdiyevlarning ham shartnoma muddatlari yakunlandi.

Jamoa rahbariyati va klub a'zolari ularga oʻtgan davr mobaynida uzoq kutilgan 24 yillik orzuni roʻyobga chiqarishdagi xizmatlari, "Neftchi" va Fargʻona futboli rivojiga qoʻshgan barakali hissalari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Hammasi uchun sizga katta rahmat, Vitaliy Grigorevich!», - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting