«Neftchi» U-15 jamoasi xalqaro turnir g'olibi bo'ldi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Нефтчи ПФК
Joriy yilning 9-11 iyun kunlari Qirg'iz Respublikasining O'sh shahrida 15 yoshli o'smirlar o'rtasida Xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston nomidan Qosimov Jamoliddin bosh murabbiyligidagi "Neftchi" futbol akademiyasining "Neftchi" U-15 jamoasi ishtirok etdi.
Ushbu turnirda qayd etilgan natijalarni keltirib o‘tamiz:
9 iyun
"Neftchi" U-15- "Barsa" akademiyasi 3:0
10 iyun
"Neftchi" U-15- AFIM akademiyasi 4:0
11 iyun
"Neftchi" U-15- Abdish-Ata 3:0
Turnirning eng yaxshi o'yinchisi nominatsiyasida "Neftchi" akademiyasining futbolchisi Ibrohim To'xtasinov, turnirning to'purari esa Saidmaxmudxon Mahmudov, deb e'tirof etildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist