«Neftchi» - «Surxon». Ustunlik kim tomonda?
Superliganing 27-tur bahsida sevimli "Neftchi" jamoamiz Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi.
Statistikaga nazar tashlaymiz. "Neftchi" jamoasi "Surxon" klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 31 marta to‘qnashgan bo‘lib, shundan 20 tasida farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgan, 10 ta o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan. "Neftchi"ning o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik g‘alabasi 5:0 hisobida qayd etilgan. Termizliklarning yagona g‘alabasi esa 1999 yilda 2:1 hisobida yakun topgan. Umumiy to‘plar nisbati 72-23 farg‘onaliklar foydasiga.
Farg‘onada kechgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
15.06.2024.
"Neftchi"-"Surxon" 1:1
22.10.2023.
"Neftchi"-"Surxon" 1:1
12.11.2022.
"Neftchi"-"Surxon" 3:0
19.06.2004.
"Neftchi"-"Surxon" 3:0
19.04.2003.
"Neftchi"-"Surxon" 2:0
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 27-tur doirasidagi "Neftchi"-"Surxon" bellashuvini G‘ayrat Jo‘rayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi.