locale OZ

«Neftchi» — «Qizilqum» uchrashuvini ko‘rish uchun stadion va shahar markazida yirik monitorlar o‘rnatiladi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» — «Qizilqum» uchrashuvini ko‘rish uchun stadion va shahar markazida yirik monitorlar o‘rnatiladi
Фото: Нефтчи ПФК

Superliganing 29-turidan o‘rin olgan "Neftchi" o‘z maydonida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu bellashuvda so‘nggi tur natijalaridan qat'i nazar mamlakat chempioni aniqlanishi kutilmoqda. Shu bois o‘yinga bo‘lgan qiziqish har qachongidan yuqori.

Muхlislarimizning katta talabini inobatga olgan holda, viloyat hokimligi va klub rahbariyati tashabbusi bilan "Istiqlol" stadioni (Avtoturargoh) hududida ikkita, shahar markazida va Eco shahar amfiteatrida bittadan yirik monitor o‘rnatiladi.

Ushbu monitorlar orqali ko‘plab futbol ishqibozlarimiz uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting