locale OZ

«Neftchi» — O‘zbekiston Superkubogi sohibi

O‘yindagi yagona gol Ratinyo hisobiga yozildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» — O‘zbekiston Superkubogi sohibi
Фото: Нефтчи ПФК

O‘zbekiston Superkubogida “Neftchi” klubi “Paxtakor”ga qarshi bahslashdi.

Andijondagi “Bobur Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Islombek Ismoilov jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Superkubok sohibiga aylandi. “Neftchi” o‘z tarixida ilk bor ushbu sovringa ega bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol Ratinyo tomonidan birinchi bo‘limda kiritildi. Ushbu vaziyatda “sherlar” darvozaboni Vladimir Nazarov xatoga yo‘l qo‘ydi.

O‘zbekiston Superkubogi

"Neftchi" - "Paxtakor" 1:0

Gol: Ratinyo 17.

"Paxtakor": Nazarov, Alijonov, Abdumajidov, Tahsin, Nasrullaev, Mozgovoy, Hamdamov, Ibragimov, Sobirxojaev, Resan, Turdimurodov.

"Neftchi": Ergashov, Tsiger, Yo‘ldoshev, Ismoilov, Iskanderov, Peritsa, G‘ofurov, Odilov, Jokich, Sayfiev, Ratinyo.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting