Neftchi - OKMK. Prevyu.
Superliganing hal qiluvchi bosqichlari yaqinlashar ekan, har bir uchrashuv tobora hayot-mamot jangiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston chempionatining 25-tur doirasida OKMK FK o‘zining asosiy raqobatchilaridan biri bo'lgan — Farg‘onaning «Neftchi» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Hozirda «Neftchi» 24 ta o‘yindan so‘ng 51 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda va chempionlik poygasida faol ishtirok etmoqda. «Konchilar» esa 40 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, bo'lajak raqibi singari sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Aynan shu omillar nafaqat ikki jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshilikka alohida shiddat bag‘ishlaydi, balki uchrashuv natijasi Superliga jadvalidagi kuchlar muvozanatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ushbu to'qnashuv chempionatning markaziy o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Xususan, sovrinli o‘rinlar uchun kechayotgan keskin raqobat fonida qo‘lga kiritiladigan har bir g‘alaba chempionlik poygasining hal qiluvchi burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.
Mazkur uchrashuv 19-oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida soat 18:15da start oladi.
Superliga, 25-tur.
«Neftchi» va OKMK FK
«Istiqlol» stadioni
19-oktyabr, yakshanba
18:15