locale OZ

«Neftchi» futbol akademoiyasida 2 nafar horijlik murabbiylar ish boshladi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur xorijlik murabbiylar bilan uchrashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Neftchi» futbol akademoiyasida 2 nafar horijlik murabbiylar ish boshladi
Фото: Нефтчи ПФК

Farg‘ona shahrida “Neftchi” futbol akademiyasi o‘z faoliyatini boshlab, ayni paytda yosh futbolchilar guruhlari shakllantirilmoqda. Akademiyaga xalqaro tajribaga ega mutaxassislar — latviyalik Edgars Klenausks hamda ukrainalik Oleksandr Bliznyuk jalb etildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur xorijlik murabbiylar bilan uchrashib, akademiya faoliyati, yosh futbolchilarni tayyorlash tizimi va kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida futbolga qiziquvchi yoshlar sonining ko‘pligi, iqtidorli sportchilarni saralab olish, professional futbolchilarni tayyorlash hamda hududni mamlakatning yetakchi futbol markazlaridan biriga aylantirish asosiy vazifa ekani ta’kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting