locale OZ

«Neftchi» Boyan Tsiger bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

Serbiyalik futbolchi Farg‘onada qoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» Boyan Tsiger bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Фото: Нефтчи ПФК

“Neftchi” safida himoyachi sifatida maydonga tushib, nafaqat mudofaa, balki hujumlarda ham faol ishtirok etib kelayotgan, o‘zining jangovar ruhi va fidoyiligi bilan muxlislar mehrini qozongan serbiyalik tajribali futbolchi Boyan Tsiger faoliyatini “Neftchi”da davom ettiradi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi.

Boyan Tsiger o‘tgan mavsum jamoamiz tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 2195 daqiqa harakat qildi. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, u ushbu o‘yinlarda 3 ta gol muallifiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Ishonamizki, Boyan yangi mavsumlarda ham o‘z mehnati, tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlar — chempionlikni himoya qilish va xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etish yo‘lida katta hissa qo‘shadi", — deyiladi "Neftchi" klubi tarqatgan xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting