locale OZ

«Neftchi» Akbar To‘raev bilan shartnomani uzaytirdi

Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» Akbar To‘raev bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Нефтчи ПФК

"Neftchi" tarkibida bir necha yildan buyon darvozani ishonch bilan qo‘riqlab kelayotgan, tajribali va fidoyi posbon Akbarjon To‘raev yangi mavsumda ham faoliyatini "Neftchi" safida davom ettiradigan bo‘ldi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.

"Akbar To‘raev o‘zining tajribasi va maydondagi yetakchilik fazilatlari jamoaning chempionlik darajasiga ko‘tarilishida, shuningdek, klub nufuzining futbol olamida yanada mustahkamlanishida muhim o‘rin tutmoqda.

Ishonamizki, Akbar To‘raev yangi mavsumda ham o‘z mehnati va mahorati bilan jamoamizga munosib hissa qo‘shib, muxlislarni ishonchli o‘yinlari bilan xursand etishda davom etadi", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting