locale OZ

Neapolliklar «Chelsi» markaziy himoyachisi Benua Badyashilni ijaraga olganini e’lon qildi

"Napoli" tarkibini yangi futbolchi bilan kuchaytirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neapolliklar «Chelsi» markaziy himoyachisi Benua Badyashilni ijaraga olganini e’lon qildi
photo: Napoli FK

"Napoli" tarkibini yangi futbolchi bilan kuchaytirdi. Neapolliklar "Chelsi" markaziy himoyachisi Benua Badyashilni ijaraga olganini e’lon qildi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Badyashil "Chelsi" safida jami 71 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fransiyalik himoyachi "Chelsi"ga kelgunga qadar "Monako" sharafini himoya qilgan. U aynan Monako klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Napoli" Italiya A Seriyasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini safarda "Jenoa"ga qarshi o‘tkazadi. Neapolliklar o‘tgan mavsum chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting