Nazorat uchrashuvi. «Sho‘rtan» Tojikiston klubi bilan durang qayd etdi
Tayyorgarlik davom etmoqda.
Фото: Шўртан ПФК
Bugun “Sho’rtan” Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ikkinchi sinov nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi bo‘ldi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham faol va tartibli o‘yin namoyish etdi. Garchi bahsda bir nechta golli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, tomonlar darvozani ishg‘ol eta olishmadi va bellashuv golsiz durang bilan yakunlandi.
Asror Aliqulov shogirdlari ushbu uchrashuv orqali jamoaviy uyg‘unlik va jismoniy holatni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi.
G‘uzorliklarning Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini belgilangan reja asosida davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist