Nazorat uchrashuvi: \"Sho‘rtan\" 2:1 \"Lochin\"
Proliga startiga sanoqli kunlar qoldi. Sevimli jamoamiz mavsum oldidan yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
photo: Sho'rtan fk
Proliga startiga sanoqli kunlar qoldi. Sevimli jamoamiz mavsum oldidan yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safar jamoamizga Qarshi davlat universitetining "Lochin" jamoasi raqiblik qildi.
Uchrashuv davomida Yuriy Klochkov ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoamiz g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Raqib jamoa esa bitta gol bilan javob qaytardi.
Yakunda o‘rtoqlik uchrashuvi 2:1 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, jamoamiz qisqa tanaffusga yo‘l oldi. G‘uzorliklar 24-mart kuni o‘z qarorgohlarida yana yig‘ilib, yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor