locale OZ

Nazorat uchrashuvi. OKMK «Andijon»ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nazorat uchrashuvi. OKMK «Andijon»ni yirik hisobda mag'lub etdi
Photo: Andijan PFK

Davralar oralig‘ida yuzaga kelgan tanaffusdan samarali foydalanishni maqsad qilgan OKMK Olmaliqda «Andijon» klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘yin o‘ziga xos formatda – har biri 35 daqiqa davom etgan to‘rtta taym shaklida bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy tarzda kechgan bahsda vakillarimiz 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning barcha taymlarida OKMK FK tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab, raqib himoyasiga muntazam bosim o‘tkazib turdi. Tezkor hujumlar va intizomli o‘yin natijasida «konchilar» ketma-ket gollar urib, yakunda yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Nazorat o‘yini.
26-iyul.
«OKMK sport majmuasi» stadioni.
OKMK FK — «Andijon» 5:1
Gollar: Akbar O‘ktamov (45), Ali Abdurahmonov (49), (51), Ajak Riak (98), Ruben Sanchez (139) — Damir Temirov (27)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting