locale OZ

Nazorat o‘yini. «Paxtakor» Turdimurodovning dubli evaziga «Qizilqum»ni mag'lub qildi

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib «Paxtakor» nazorat bahsida maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nazorat o‘yini. «Paxtakor» Turdimurodovning dubli evaziga «Qizilqum»ni mag'lub qildi
photo: Paxtakor FK

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib «Paxtakor» nazorat bahsida maydonga tushdi.

«Sherlar» Qibrayda «Qizilqum»ga qarshi o‘ynadi va 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Toshkentliklar safida har ikki gol hujumchi Rustam Turdimurodov hisobiga yozildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda navoiyliklar murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y bergan edi. Akmal Rustamov o‘rniga tajribali mutaxassis Jamshid Saidov qaytarilgandi. Bunga qadar Saidov «oltin izlovchilar»ni boshqargan.

Nazorat o‘yini
Paxtakor – Qizilqum 2:0
Gollar: Rustam Turdimurodov 2ta.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting