Nazorat o‘yini. «Olimpik» va «Aral» durang o‘ynadi
Photo: OlympicUz
Pro-liganing 3-davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Olimpik” jamoasi “Aral”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
O‘yinda dastlab 6-daqiqada Yunus Ibragimov hisobni ochdi. 20-daqiqada nukusliklar safida Jafar Bahodirov muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Saddam Ahmadov yana toshkentliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada Muhammadali Namozov gol urib, durang natija qayd etilishini ta’minladi.
Nazorat uchrashuvi
“Do‘rmon” stadioni, 18:00
“Olimpik” 2:2 “Aral”
Gollar: Yunus Ibragimov 6, Saddam Ahmadov 25 – Jafar Bahodirov 20, Muhammadali Namozov 73.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist