locale OZ

Nazorat o‘yini. «Guliston» «Sirdaryo FA» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Guliston» futbol klubi bugun «Sirdaryo FA»ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.
Nazorat o‘yini. «Guliston» «Sirdaryo FA» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi
photo: Guliston FK

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Guliston» futbol klubi bugun «Sirdaryo FA»ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi. Bellashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz naq 9 ta gol urishdi.

Behruz Abdullayev het-trikka erishdi. Shohnazar Norbekov dublni rasmiylashtirdi. Azamat Abduhalilov, Alisher Sobirjonov, Asilbek Umurzaqov va Javohir Ne’matullayev esa bittadan golga mualliflik qildi.

Murabbiylar shtabi ushbu bahsda barcha fubolchilarga imkoniyat berishdi va ularning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib olishdi.

Nazorat o‘yini
Guliston – Sirdaryo FA 9:0
Gollar:
Behruz Abdullayev (3 ta), Shohnazar Norbekov (2 ta), Asilbek Umurzaqov, Azamat Abduhalilov, Alisher Sobirjonov, Javohir Ne’matullayev.

Guliston (1-bo‘lim): Sarvar Husanov, Turdibek Omonov, Ozodbek Rajabov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Ulug‘bek Sharipov (ko‘rik), Muhammad Isayev, Azamat Abduhalilov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Asilbek Umurzaqov, Abdulaziz Ne’matov, Shohnazar Norbekov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Abduqodirov, Javohir Nazarqulov, Zuhriddin Ibodullayev, Isroil Malikov, Ravon Hasanov (ko‘rik), Jasur Saydazimov, Sanjar Yorbekov, Javohir Ne’matullayev, Bobur Yorbekov, Alisher Sobirjonov, Behruz Abdullayev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting