Nazorat o‘yini. «Dinamo» Samarqandda «Qizilqum»ga mag‘lub bo‘ldi
Superligadagi tanaffusdan unumli foydalangan holda, 4 sentabr kuni "Dinamo" jamoasi o‘z maydonida "Qizilqum"ga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Nazorat bahsining 10-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayevning uzatmasidan so‘ng Ulug‘bek Hoshimov hisobni ochdi – 1:0.
30-daqiqada navoiyliklar Jaba Jigaurining goli evaziga hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar o‘yinda ustunlik qilgan bo‘lishsa-da, uchrashuv yakunida mehmonlar qarshi hujumda o‘z imkoniyatlarini golga aylantirishdi – 1:2.
Nazorat o‘yini. 4 sentabr
"Dinamo" - "Qizilqum" - 1:2
Gollar: Ulug‘bek Hoshimov – Jaba Jigauri 30, Abdualimov 85.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin (Sarvar Karimov, 46), Akbar Abdurasulov, Oleksandr Kucherenko, Maqsudxo‘ja A'loxojayev (Edem Seytveliyev, 34), Sanjar Qodirqulov, Ratinyo, Dmitriy Pletnyov (Xislat Xalilov, 62), Richard Friday (Firdavs Abdurahmonov, 57), Jahongir Abdusalomov (Abdulahadjon Hoshimov, 75), Anvarjon Hojimirzayev (85’), Ulug‘bek Hoshimov (Behruzbek Obloqulov, 36).