locale OZ

Nazorat o‘yini. «Dinamo» OKMK bilan durang qayd etdi

«Dinamo»ning Toshkentdagi dastlabki yig‘ini yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nazorat o‘yini. «Dinamo» OKMK bilan durang qayd etdi
Фото: Динамо ПФК

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentdagi navbatdagi nazorat o‘yinida OKMK klubiga qarshi maydonga tushdi.

«Olimpiya» stadionidagi maydonda bo‘lib o‘tgan bahsda bosh murabbiylar – Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov asosiy tarkibdan tashqari, bir qator yosh o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda Anvarjon Hojimirzayev tomonidan kiritilgan gol bilan «dinamochilar» hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda murabbiylar bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urib, ko‘rikdagi o‘yinchilarni ham sinovdan o‘tkazishdi. Olmaliqliklar Aziz Xolmurodovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi – 1:1. Yakunda bahs durang natija bilan tugadi.

Shu tariqa, «Dinamo»ning Toshkentdagi dastlabki yig‘ini yakuniga yetdi. Jamoa 16 yanvardan BAAda yig‘in boshlaydi.

Nazorat o‘yini. 14 yanvar. Toshkent
OKMK – «Dinamo» - 1:1
Gollar: Aziz Xolmurodov 50 – Anvarjon Hojimirzayev, 42.
«Dinamo»: Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Jaloliddin Jumaboyev, Salim Mustafoev, Giorgi Babaliyev, Rasul Yo‘ldoshev, Dramane Salou, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug‘bek Abdullayev, Behruzbek Obloqulov, Xislat Xalilov, Abdulahad Hoshimov, Ulug‘bek Hoshimov, Mirjahon Mirahmadov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting