Nazorat o'yini. «Bunyodkor» «Qizilqum»ni mag'lubiyatga uchratdi
FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan jamoamiz bugun nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
«Qizilqum» bilan kuch sinashgan «qaldirg‘ochlarimiz» to‘rt bo‘limdan iborat bahsda g‘alaba qozondi.
Yettita gol urilgan bellashuvda Temurxo‘ja Abduxoliqov dublga erishgan bo‘lsa, yana ikkita golga Muzaffar Olimjonov hamda Faxriddin Muhammadov mualliflik qildi.
Ilyos Zeytullayev boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur o‘yinda aralash tarkibning xizmatidan foydalandi. Ya’ni, o‘rinbosarlar safida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan yoshlarga bugungi bahsda imkoniyat berildi.
Nazorat uchrashuvi
«BUNYODKOR» – «QIZILQUM» – 4:3
Bosh hakam: To‘rabek Suyunov.
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (2 ta), Muzaffar Olimjonov, Faxriddin Muhammadov.