Nazorat bahsi. OKMK «Lokomotiv» bilan durang o‘ynadi
FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK jamoasi bugun Toshkentda «Lokomotiv»ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv o‘ziga xos formatda – har biri 35 daqiqa davom etgan to‘rtta taym shaklida tashkil etildi. Bahs davomida ikkala jamoa ham faol va hujumkor o‘yin namoyish etdi. Natijada gollarga boy tarzda kechgan bellashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi gollarni Mirjamol Qosimov, Ali Abdurahmonov va Ruben Sanchez, Shodiboyev, Abdusalomov va Shulayalar kiritdi.
Nazorat o’yini.
5-sentabr. «Do’rmon qarorgohi» stadioni.
OKMK — «Lokomotiv» 3:3
Gollar: Mirjamol Qosimov, Ali Abdurahmonov va Ruben Sanchez, Shodiboyev, Abdusalomov, Shulaya.