locale OZ

Navoiy viloyatida futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur akademiya bir vaqtning o‘zida 154 nafar yosh futbolchini qabul qilib, ularni tayyorlash imkoniyatiga ega.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navoiy viloyatida futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Фото: ЎФА

Navoiy viloyatida futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Normat Tursunov, OFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, mutasaddilar, faxriylar, futbolchilar, murabbiylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur akademiya bir vaqtning o‘zida 154 nafar yosh futbolchini qabul qilib, ularni tayyorlash imkoniyatiga ega. Majmua tarkibida zamonaviy yotoqxona, futbol maydonlari, sport zali va o‘quv binolari mavjud. Ushbu maskanda yangidan qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamon talablari darajasida jihozlangan hamda foydalanishga topshirilgan.

OFA rahbariyati, shuningdek, viloyat futbol maktabida yosh tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ham ko‘zdan kechirdi. Futbol maktablari shug‘ullanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston chempionati” ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. OFA rahbariyati ular orasidan kelajakda terma jamoalarimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirib, ularga omad tiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting