Navoiy futbol akademiyasida yil sarhisobi tadbiri boʻlib oʻtdi
Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida Navoiy futbol akademiyasining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan yil sarhisobi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda futbol sohasi vakillari, sport faxriylari, tajribali murabbiylar, akademiya tarbiyalanuvchi yosh futbolchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashevlar hamda sport boshqarmasi boshligʻi Jasur Murtozayev ishtirok etib, yosh futbolchilarni va ularning ota-onalarini yil davomida erishilgan yutuqlar hamda kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
Shuningdek, tadbirda yil davomida futbol sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilinib, sport faxriylari, fidoyi murabbiylar hamda iqtidorli yosh sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi.