locale OZ

«Navbahor»ning milliy chempionatlarimizdagi umumiy statistikasi qanday?

Ortda qolgan 34 ta chempionatda jamoa 988 ta o‘yin o‘tkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Navbahor»ning milliy chempionatlarimizdagi umumiy statistikasi qanday?
Фото: Навбаҳор ПФК

Xabaringiz bor, joriy yilning 30 noyabr kuni milliy chempionatimizning navbatdagi, 34-mavsumi yakunlandi.

Ko‘pchilikni jamoamizga oid statistik ma’lumotlar qiziqtirishini hisobga olib, sizlarni shunday ma’lumotlar bilan tanishtirishga ahd qildik.

Dastlab “lochinlar”ning milliy chempionatlarimizdagi umumiy statistikasi borasida to‘xtalamiz.

Ma’lumki,“Navbahor” milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon Cuperliga (oliy liga)ning muntazam 2 ishtirokchisidan (“Paxtakor” bilan birgalikda) biri hisoblanadi.

Ortda qolgan 34 ta chempionatda jamoa 988 ta o‘yin o‘tkazib, 454 g‘alaba, 218 durang, 316 mag‘lubiyatni qayd etib, raqiblar darvozasiga 1585 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 1144 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Namanganliklarning 1992-2025 yillardagi chempionat bahslarida jamg‘argan jami ochkolari 1580 tani tashkil etmoqda.

Ortda qolgan milliy chempionatlarimiz tarixida shu paytgacha Superliga (oliy liga)da qatnashgan 40 ta jamoa orasida “lochinlar” umumiy ochkolar soni bo‘yicha faqatgina Toshkentning “Paxtakor” (jami ochkolari 2155) va Farg‘onaning “Neftchi” (jami ochkolari 1729) jamoalaridan ortda borishmoqda, xolos.

To‘rtinchi pog‘onadagi “Nasaf” (Qarshi) klubining umumiy ochkolari esa 1547 tani tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting