«Navbahor»ning markaziy hamda zaxira stadionida mavsum oldi tayyorgarligi qizg'in bormoqda
Namangan viloyatida sport infratuzilmasini rivojlantirish, ommaviy sportni qo'llab-quvvatlash hamda yaqinlashib kelayotgan futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida "Navbahor"ning markaziy hamda zaxira stadionida keng ko'lamli ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishlarning borishini ko'zdan kechirdi.
Ayni vaqtda zaxira stadionida chim yotqizish ishlari yakunlanib, sug'orish davom etmoqda. Asosiy stadion o'yin maydonida esa chim bosishga tayyorgarlik davom etmoqda.
Viloyat rahbari ta'mirlash ishlarini tezlashtirish, futbolchilar hamda muxlislar uchun zamonaviy sharoit yaratish lozimligini ta'kidlab, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.