locale OZ

“Navbahor”ga Aleks Mos va Ramin Gasanovlar tashrif buyurdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Navbahor”ga Aleks Mos va Ramin Gasanovlar tashrif buyurdi
PHOTO: Telegram

Bugun “Navbahor” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadionga niderlandiyalik futbol mutaxassisi Aleks Mos va Jahon bankining O‘zbekistondagi loyiha menejeri Ramin Gasanovlar tashrif buyurishdi.

Ta’kidlash joizki, Aleks Mos murabbiy sifatida O‘zbekiston-U-18, U-19 va U-20 terma jamoalari, shuningdek, mamlakatimizning “Chig‘atoy”, “Paxtakor”, Indoneziyaning “Borneo” klublarida faoliyat yuritgan.

Mehmonlar klub ofisi, “Markaziy” stadioni hamda zaxira maydoni, “Navbahor” jamoasi qarorgohi, jamoaning kiyim almashtirish xonalarini ko‘zdan kechirgan holda, klub infratuzilmasi bilan tanishishdi va kelajakda yevropa klublari bilan hamkorlik masalalarida fikr almashishdi.

Bundan tashqari, martabali mehmonlar Namangan viloyati futbol akademiyasi, viloyat futbol maktablariga ham safar uyushtirishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting