locale OZ

“Navbahor”dagi moliyaviy muammolar yomonlashmoqda

Qarzlar tufayli klub yangi tarkibsiz qolishi va ochkolaridan ayrilishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

So‘nggi haftalarda “Navbahor” klubi atrofidagi vaziyat jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Asosiy sabab - mahalliy futbolchilar oldidagi qarzdorlikning hal etilmayotgani.

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev ma’lum qilishicha, yozgi transfer oynasi klub uchun shartli ravishda ochilgan. Muddat sifatida 10 avgust belgilangan bo‘lib, shu sanaga qadar qarzlar to‘lanishi kerak edi. Agar mablag‘ o‘z vaqtida berilmasa, ro‘yxatdan o‘tgan yangi futbolchilarning litsenziyalari bekor qilinishiga klub oldindan rozilik bildirgan.

Murzoev ta’kidlashicha, bu shunchaki kelishuv emas, balki futbol qoidalarida aniq belgilangan talab. Bugun futbolchilar o‘tishi va maqomi qo‘mitasi yig‘ilishida “Navbahor”ning yangi tarkibi bo‘yicha qaror chiqariladi. Qarzdorlik bartaraf etilmasa, litsenziyalarni bekor qilish bilan chekalanmay, keyingi bosqichda ochko olib tashlash masalasi ham ko‘rilishi mumkin.

Ayni paytda, jamoa Superliganing 18-turida “Bobur Arena”da “Andijon”ga qarshi maydonga tushishi kerak. Biroq muxlislar o‘yindan ko‘ra klubning moliyaviy ahvoli va unga oid rasmiy qarorlarni ko‘proq muhokama qilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting