«Navbahor» yanvarda Turkiyada yig'in o'tkazadi
"Navbahor" klubi bir haftalik mashg'ulotlardan so'ng qisqa muddatli ta'tilga chiqdi. Temur Kapadze jamoasi yanvar boshida yana Toshkentda yig'ilib, oy o'rtalarida Turkiya yig'iniga yo'l oladi.
"Jamoamiz a'zolari Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida shu hafta avvalida poytaxtimiz Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashgandi.
Tayyorgarlikning ilk bosqichi kecha yakunlandi va Yangi yil munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli ta'til berildi.
Keyingi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini "lochinar" 2026 yil, 4 yanvardan boshlashni rejalashtirishgan.
Jamoamiz a'zolari 3 yanvar sanasida Toshkentda yig‘ilib, 4 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va mashg‘ulotlarni boshlashadi.
Poytaxtimizdagi navbatdagi yig‘in 14 yanvargacha davom etadi. Keyingi mashg'ulotlarni esa Turkiyada davom ettirish rejalashtirilgan", — deb yozadi Namangan klubi matbuot xizmati.