locale OZ

Navbahor yangi futbolchilarni tanishtirdi

Haqiqiy futbol bayramiga aylangan tadbir davomida futbolchilarga 2026-yilgi mavsumda to‘p tepadigan raqamlari tushirilgan futbolkalar tantanali ravishda topshirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor yangi futbolchilarni tanishtirdi
photo: Navbahor FK

Xabar berganimizdek, bugun Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasida jamoamizning 2026-yilgi Superliga mavsumi oldidan an’anaga aylanib ulgurgan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi,viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov so‘z olib, futbolchilar, murabbiylar shtabi va barcha muxlislarni bo‘lajak mavsum bilan muborakbod etib, bu yil "Navbahor"ning milliy chempionatimizdagi chempionligiga 30 yil to‘lishi, shu munosabat bilan bo‘lajak mavsumda "lochinlar" chempionlik unvoni uchun kurash olib borishlarini ta’kidlagan holda, bu yo‘lda jamoaga omad yor bo‘lishini tiladi.

Haqiqiy futbol bayramiga aylangan tadbir davomida futbolchilarga 2026-yilgi mavsumda to‘p tepadigan raqamlari tushirilgan futbolkalar tantanali ravishda topshirildi.

So‘ngra,"Navbahor" bosh murabbiyi Timur Kapadze, jamoamiz sardori O‘tkir Yusupov va gruziyalik tajribali himoyachi Anri Chechinadzelar so‘zga chiqib, "Navbahor" yangi mavsumda chempionlik unvoni uchun kurash olib borishini ta’kidlagan holda, bu yo‘lda barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini bildirishdi.

So‘ngra jamoamiz ustozi Timur Kapadze viloyatimiz rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov va fan-klub yetakchilariga "Navbahor"ning maxsus liboslarini topshirdi.

Shuningdek, tadbir davomida san’atkorlar o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritishdi.
Bundan tashqari, monitorda "Navbahor"nihg avvalgi mavsumlardagi muvaffaqiyatlari hamda yangi futbolchilarning faoliyatlari borasidagi maxsus rolik namoyish etildi.

Yangi mavsumda jamoamizga omad yor bo‘lib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishiga tilakdoshmiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting