locale OZ

“Navbahor” - “Surxon” Prevyu

Oʻzaro uchrashuvlarda “Navbahor” 80 ochko, “Surxon” esa 26 ochkoni qoʻlga kiritgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Navbahor” - “Surxon” Prevyu
Photo: gettyimages

Oʻzbekiston Superligasining 21-turidan oʻrin olgan bahsda “Navbahor” oʻz maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.
Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida oʻzaro 37-marta roʻbaroʻ kelishgan. Ushbu oʻyinlarning 25 tasida “lochinlar”ning qoʻli baland kelgan (bitta oʻyinda “Navbahor”ga texnik gʻalaba yozilgan), 7 tasida termizliklar gʻalaba qozonishgan boʻlsa, 5 ta bahsda esa jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Toʻplar nisbati – 87-27, “Navbahor” foydasiga.
Oʻzaro uchrashuvlarda “Navbahor” 80 ochko, “Surxon” esa 26 ochkoni qoʻlga kiritgan.
Ushbu jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997-yili Namanganda qayd etilgan. Taʼkidlash joizki, namanganliklar oʻtkazilgan 37 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.
“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 18-marta kuch sinashishgan (2019-yilgi bahs maʼlum sabablarga koʻra, Fargʻonada oʻtkazilgan va ushbu oʻyin ham “Navbahor” nominal mezbon boʻlganligi bois, inobatga olindi).
1992-yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik gʻalaba yozilgan boʻlsa, qolgan 15 ta bahsda “lochinlar” gʻalaba qozonishgan (Fargʻonadagi oʻyinda ham), faqat bitta bellashuvda, oʻtgan yilgi mavsumda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.
Fakt: “Surxon” hali Namanganda gʻalaba qozona olmagan.
“Lochinlar” oʻz maydonida oʻtkazilgan oʻzaro uchrashuvlarda “uchar tulporlar” darvozasini 57-marta ishgʻol etishgan boʻlsa, termizliklar Namanganda “Navbahor” darvozasiga bor-yoʻgʻi 6 ta toʻp kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar natijalari:
28.03.1992 “Surxon” – “Navbahor” – 1:1
29.10.1992 “Navbahor” – “Surxon” – +:-
13.04.1994 ASK – “Navbahor” – 2:3
13.11.1994 “Navbahor” - ASK – 2:1
11.06.1995 “Navbahor” - ASK – 4:0
19.08.1995 ASK – “Navbahor” – 2:5
26.06.1996 “Navbahor” - ASK – 4:1
29.08.1996 ASK – “Navbahor” – 1:4
13.04.1997 “Navbahor” – “Surxon” – 9:0
04.10.1997 “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
18.04.1998 “Navbahor” – “Surxon” – 5:0
08.10.1998 “Surxon” – “Navbahor” – 3:1
06.06.1999 “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.08.1999 “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.04.2000 “Surxon” – “Navbahor” – 3:3
30.09.2000 “ Navbahor” – “Surxon” – 5:0
23.06.2001 “Surxon” – “Navbahor” – 0:3
31.07.2001 “Navbahor” – “Surxon” – 7:1
28.04.2002 “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.10.2002 “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.05.2003 “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
13.09.2003 “Navbahor” – “Surxon” – 2:1
15.03.2004 “Navbahor” – “Surxon” – 6:0
05.11.2004 “Surxon” – “Navbahor” – 0:4
21.04.2019 “Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019 “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.
19.08.2020 “Surxon” – “Navbahor” – 1:1
20.11.2020 “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
12.05.2021 “Navbahor” – “Surxon” – 2:0
03.10.2021 “Surxon” – “Navbahor” – 1:0.
10.03.2022 “Surxon” – “Navbahor” – 1:2
11.08.2022 “Navbahor” – “Surxon” – 2:0
14.05.2023 “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
27.10.2023 “Surxon” – “Navbahor” – 1:2
31.03.2024 “Navbahor” – “Surxon” – 2:2
26.08.2024 “Surxon” – “Navbahor” – 0:1
21.04.2025 “Surxon” – “Navbahor” – 1:0

Eslatib oʻtamiz, “Navbahor” – “Surxon” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv 12-sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:30 da start oladi.
Boʻlajak oʻyinda “Navbahor”ning yoqimli anʼanasi davom etishi hamda “lochinlar”ga omad yor boʻlishini tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting