locale OZ

Navbahor stadioniga yangi chim bosilib, sharoitlar yanada yaxshilanmoqda

Bu bo‘yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor stadioniga yangi chim bosilib, sharoitlar yanada yaxshilanmoqda
Фото: Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати

Yaqinlashib kelayotgan futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Navbahor" markaziy stadionida keng ko‘lamli ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Jarayonni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida chim yotqizish ishlarini jahon standartlari asosida olib borish, nafaqat futbolchilar, balki muxlislar uchun ham yetarli sharoit yaratish masalalariga e'tibor qaratildi. Bu bo‘yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

Shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish va stadion hududining estetik ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tezlashtirish lozimligi ta'kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting