locale OZ

\"Navbahor\" stadionida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari o‘rganildi

Ayni kunlarda "Navbahor" markaziy stadionida keng ko‘lamli taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Navbahor" stadionida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari o‘rganildi
photo: Navbahor FK

"Lochinlar" yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi: kecha Samarqandda bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda "Navbahor" "Dinamo" ustidan 2:1 hisobida ustunlikka erishdi.

Albatta, yangi mavsumda sevimli jamoamiz oldiga katta maqsad qo‘yilgan. Shunga munosib ravishda sharoitlar ham yaratilmoqda.

Ayni kunlarda "Navbahor" markaziy stadionida keng ko‘lamli taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi.

Jarayon bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yaqindan tanishdi.

Viloyat rahbari klubning asosiy maʼmuriy binosini ham taʼmirlash va qayta jihozlash lozimligini taʼkidlab, bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

O‘rganish davomida maydonga yotqizilgan chimni sug‘orish tizimi ko‘zdan kechirildi. Taʼmirlash ishlarini tezroq yakuniga yetkazish bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting