locale OZ

«Navbahor» Shohruxbek Abdurahmonovni o‘z safiga qo‘shib oldi

Yakunlangan mavsumda jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Navbahor» Shohruxbek Abdurahmonovni o‘z safiga qo‘shib oldi
Фото: Навбаҳор ПФК

Tajribali yarim himoyachi Shohruxbek Abdurahmonov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

Shohruxbek Abdurahmonov 1999-yil 8-mart kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.

Faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2019–2021-yillar, 2022-yilning 2-davrasi), Belarusning “Energetik-BGU” (Minsk, 2022-yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2023-yil), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2024–2025-yillar) jamoalarida to‘p surgan.

Bundan tashqari, Shohruxbek Abdurahmonov 2019-yili O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Yakunlangan mavsumda “So‘g‘diyona” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o‘ynagan holda 2 ta gol muallifiga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting