locale OZ

«Navbahor» Sergey Lushanni isteʼfoga chiqardi

Uning boshqaruvida “lochinar” Superligada 35 ta o‘yin o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Navbahor” Sergey Lushanni isteʼfoga chiqardi
Фото: Навбаҳор ПФК

“Navbahor” futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lushan o‘tgan mavsumning 2-davrasida jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Uning boshqaruvida “lochinar” Superligada 35 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta g‘alaba, 9 ta durang, 10 ta mag‘lubiyat, O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda esa 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta g‘alaba (ikkitasi penaltillar seriyasi bo‘yicha), 1 ta durang hamda 2 ta mag‘lubiyatni qayd etishdi.

“Biz Sergey Ivanovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaymiz”, - deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting