locale OZ

“Navbahor” Rossiyaning 6 karra chempionini tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda

35 yoshli Eroxin markaziy yarimhimoyani kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Namanganning “Navbahor” jamoasi taniqli rossiyalik futbolchi Aleksandr Eroxinini jamoaga taklif qilish niyatida. Bu haqda bir qator sport nashrlari xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub hozirda 35 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Eroxin hozirgi paytda Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi safida to‘p surmoqda.

Transfermarkt’ga ko‘ra, yarimhimoyachining transfer bahosi 250 ming yevroga teng. U “Navbahor”ning markaziy chizig‘ini mustahkamlashi mumkin. Qayd etish kerak, Eroxin Rossiya chempionligini 6 marta qo‘lga kiritgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting