“Navbahor” PFK matbuot xizmati xodimlari talqiniga ko'ra Abbosjon G‘ulomov – 2025 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi
“Navbahor” PFK matbuot xizmati xodimlari talqiniga ko'ra Abbosjon G‘ulomov – 2025 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati xodimlari jamoamizning har bir o‘yinidan so‘ng, “lochinlar” tarkibidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelishdi.
Endi esa navbat 2025 yilning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashga yetib keldi. Klubimiz matbuot xizmati xodimlari talqiniga ko‘ra, jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Abbosjon G‘ulomov “Navbahor”ning 2025 yilgi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Yakunlangan mavsumda 27 yoshli futbolchi “lochinlar” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2579 daqiqa o‘ynab, 12 ta golga mualliflik, 3 ta golga assistentlik qildi.
Shuningdek, Abbosjon G‘ulomovning O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) tomonidan yakunlangan mavsumda “Yil kashfiyoti” deb topilganligini ham ta’kidlash joiz.
Biz Abbosjon G‘ulomovni yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilganligi bilan tabriklaymiz hamda kelasi mavsumda ham yaxshi o‘yinlar namoyish etib, jamoamizning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilkdoshmiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.