locale OZ

\"Navbahor\" o‘rtoqlik uchrashuvida Belarus klubini mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Navbahor" o‘rtoqlik uchrashuvida Belarus klubini mag‘lub etdi
Photo: Navbakhor PFK

“Navbahor” Belarus poytaxti Minskda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Sergey Lushan shogirdlari mazkur yig‘in doirasida bugun navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi. “Lochinlar”ga bu safargi bahsda “Smorgon” (Smorgon) jamoasi sparring – raqib bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuvda “Navbahor” ustozi Sergey Lushan jamoamiz har ikki bo‘limda ikki xil tarkib bilan harakat qilishini lozim topdi. Birinchi bo‘limda bahs nursiz durang – 0:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, yakunda futbolchilarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol jamoa sardori Azimjon Ahmedov tomonidan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida penaltidan kiritildi.

“Navbahor” uchrashuvni quyidagi tarkibda o‘tkazdi.

Birinchi bo‘lim: Umidjon Ergashov, Igor Gabriel, Mirzohid G‘ofurov, Julio Cezar, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Shohmalik Komilov, Javohir Abdujabborov, Abbosjon G‘ulomov, Muhammadali G‘iyosov, Navro‘zbek Iminjanov, Zabiҳillo O‘rinboev.

Ikkinchi bo‘lim: Shukron Yo‘ldoshev, Azimjon Ahmedov, Gilermo Gedesh, Saidazamat Mirsaidov, Dostonbek Abdulhaev, Sherzod G‘ulomjonov, Ruslanbek Jiyanov, Komil Tojidinov, Jamshid Boltaboev, Muxsin Xabibullaev, Pedro.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting