locale OZ

Navbahor. Mavsum - 2025 yakunlari: Kartochkalar statistikasi

Superliganing yakunlangan mavsumida “lochinlar”ning 21 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan sariq va qizil kartochkalar bilan “siylanishdi”
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor. Mavsum - 2025 yakunlari: Kartochkalar statistikasi
photo: Navbahor FK

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumda qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz.
Bu safar futbolchilarning kartochkalari statistikasiga to‘xtalishni lozim deb topdik.

Albatta, futbol jamoaviy sport turi sanalsada, yakkakurashlarga ham boydir. To‘p uchun kurashdagi bunday vaziyatlar esa odatda qo‘polliklarsiz o‘tmaydi.

Shuningdek, ayrim paytlarda raqib hujumini bartaraf etish, bundan tashqari, asabni jilovlay olmaslik, qiziqqonlik ham futbolchilarning hakam tomonidan ogohlantirish olishlari, ayrim paytlarda esa hattoki, maydondan chetlatishlariga sabab bo‘ladi. Qisqasi, kartochkalar millionlar o‘yinining bir bo‘lagi hisoblanadi.

Superliganing yakunlangan mavsumida “lochinlar”ning 21 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan sariq va qizil kartochkalar bilan “siylanishdi”

Saidaazamat Mirsaidov, Azimjon Ahmedov va Muhammadbobur Mo‘ydinovlar maydondan chetlatilishgani, shuningdek, hisoblaridagi sariq kartochkalari 4 taga yetganligi oqibatida yana ayrim futbolchilar jamoamiz ishtirokidagi ba’zi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi.

Jamoamiz a’zolarining mavsum – 2025 kartochkalar bo‘yicha statistikasi esa quyidagicha:
1.Azimjon Ahmedov – 4 ta sariq, 1 ta qizil kartochka;
2.Gilyerme Gedesh – 6 ta sariq kartochka;
3.Shohmalik Komilov – 5 ta sariq kartochka;
4.Muhammadbobur Mo‘ydinov – 2 ta sariq, 1 ta qizil kartochka;
5. Benjamin Teydi - 4 ta sariq kartochka;
6.Saidazamat Mirsaidov – 1 ta sariq, 1 ta qizil kartochka;
7.Umidjon Ergashev, Julio Sezar – 3 tadan sariq kartochka;
8.Igor Gabriel, Ruslanbek Jiyanov, Abbosjon G‘ulomov, Alisher Odilov, Zabihillo O‘rinboyev, Muhammadali G‘iyosov, Jamshid Boltaboyev, Javohir Abdujabborov – 2 tadan sariq kartochka;
9.Sergey Karpovich, Mirzohid G‘ofurov, Pedro Augusto, Dostonbek Abdulhayev, Shahzodbek Ubaydullayev – 1 tadan sariq kartochka.

Navbahor rasmiy sahifasidan olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting