locale OZ

«Navbahor» - «Lokomotiv». O‘zaro o‘yinlar tarixidan

O‘zaro bahslarda toshkentliklar 65, namanganliklar esa 53 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 
«Navbahor» - «Lokomotiv». O‘zaro o‘yinlar tarixidan
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) o‘yinlarida o‘zaro 41 marta ro‘baro‘ kelishgan. Mazkur bahslarning 20 tasida “temiryo‘lchilar” zafar quchishgan bo‘lsa, 15 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Yana 5 ta o‘yinda esa jamoalar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 58-55, “Lokomotiv” foydasiga.

Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2016 yili qayd etilgan bo‘lib, unda “temiryo‘lchilar” o‘z maydonlarida 5:0 hisobida zafar quchishgan.

“Lochinlar”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabalari 2007 va 2024 yillarda Namanganda qayd etilgan bo‘lib, “Navbahor” birinchisida 6:2, 2 yil oldin esa 4:0 hisoblarida zafar quchgandi.

O‘zaro bahslarda toshkentliklar 65, namanganliklar esa 53 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
“Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida shu kungacha Namanganda o‘tkazilgan 20 ta uchrashuvning 11 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan hamda 6 ta bahsda “temiryo‘lchilar” g‘alaba qozonishgan. Namangandagi o‘yinlardagi to‘plar nisbati 35–21, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu jamoalarning 1-davrada Toshkentdagi “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsida vakillarimiz Vanya Ilich (3) va Ruslanbek Jiyanov (16-pen.)larning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting