locale OZ

Navbahor jamoasining Toshkentdagi mashg'ulotlariga klub prezidenti tashrif buyurdi

Futbolchi va murabbiylarga oldinda turgan yangi mavsumda munosib ishtirok etib, muxlislarni hursand qiladigan natijalarni qayd etish lozimligini tushintirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor jamoasining Toshkentdagi mashg'ulotlariga klub prezidenti tashrif buyurdi
photo: Navbahor FK

Namanganning Navbahor jamoasining Toshkentdagi mashg'ulotlariga klub prezidenti tashrif buyurdi.

"Jamoamizning Toshkentda bo'layotgan qishki o'quv mashg'ulot yig'ini doirasidagi navbatdagi mashg'ulotiga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, jamoamiz a'zolari va murabbiylar shtabi bilan uchrashib, mashg'ulotni kuzatib bordi.

Futbolchi va murabbiylarga oldinda turgan yangi mavsumda munosib ishtirok etib, muxlislarni hursand qiladigan natijalarni qayd etish lozimligini tushintirildi. Buning uchun esa barcha imkoniyatlar ishga solinishi viloyatimiz rahbari tomonidan ta'kidlandi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting