locale OZ

“Navbahor” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi

Namangandagi "Markaziy" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Navbahor” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi
photo: UzFHM

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Hozirda Namangandagi "Markaziy" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting