Navbahor futbolchilari kichik muddatli ta'tilga chiqishdi
Keyingi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 14-30 yanvar kunlari Turkiyada davom ettirilishi rejalashtirilgan.
photo: Navbahor FK
Navbahor futbolchilari kichik muddatli ta'tilga chiqishdi.
"Jamoamiz a’zolari Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida 4-yanvardan poytaxtimiz Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishga kirishishgan edi.
Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi bugun yakunlandi va xorij yig'ini oldidan futbolchilarga qisqa muddatli ta’til berildi.
Keyingi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 14-30 yanvar kunlari Turkiyada davom ettirilishi rejalashtirilgan",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor