locale OZ

\"Navbahor\" futbolchilar va rahbariyat uchun kechki ovqat tashkillashtirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Navbahor" futbolchilar va rahbariyat uchun kechki ovqat tashkillashtirdi
Photo: gettyimages

Xabaringiz bor, Namanganning “Navbahor” jamoasi superliga 5 turidan o'rin olgan uchrashuvda, o'z uyida G'uzorning “Sho'rtan” jamoasini qabul qildi va g'alaba qozondi.

Ushbu g'alabadan keyin klub futbolchilari va rahbariyati birgalikda kechki ovqatni tanavvul qilishdi. “Lochinlar” matbuot kotibining ma'lum qilishicha ushbu tadbir jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchanning tug'ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan. Jumladan, xabarda quyidagicha yoziladi:

9 Aprel kuni jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushanning tavallud ayyomi bo'lganidan barchaning xabari bor edi. “Navbahor” jamoamiz Superliganing 5-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida “Sho‘rtan”ga qarshi o‘tkazishi munosabati bilan o'yinga tayyorgarlik jarayoni bo'lgani bois, tug'ulgan kun dasturxoni tashkil eta olinmagan edi. Shu bois, bugun jamoamiz bosh murabbiyining tavallud kuni va kecha jamoamiz g‘uzorliklar bilan o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozongani sharafiga bugun jamoamiz a’zolariga klub rahbari Otabek Arifovich Samatov tashabbusi bilan shahrimizdagi restoranlardan birida kechki ovqat tashkillashtirildi. Mazkur kechki ovqat paytida klubimiz rahbarlari, murabbiylar shtabi va futbolchilar dildan suhbat qurishdi. Jamoamiz bosh murabbiyiga klubimiz rahbari tomonidan esdalik sovg'asi topshirildi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting