locale OZ

«Navbahor» futbol klubi akademiyasi jahon standartlari darajasiga olib chiqilmoqda

O‘quv-mashg‘ulot maydonlari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Navbahor» futbol klubi akademiyasi jahon standartlari darajasiga olib chiqilmoqda
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

“Navbahor” Namangan futbol klubi akademiyasida keng ko‘lamli ta’mirlash va modernizatsiya ishlari boshlanish arafasida. Loyihaga muvofiq, akademiya hududida yosh futbolchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, mashg‘ulot jarayonlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Xususan, o‘quv-mashg‘ulot maydonlari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, sportchilar uchun yotoqxona, ovqatlanish, tiklanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi ham jahon standartlariga mos ravishda yangilanadi.

Mazkur ishlar yosh iqtidorlarni aniqlash, ularni professional futbolga tayyorlash hamda hududda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting