«Navbahor» ertadan mashg’ulotlarga qaytadi
14-yanvar kuni jamoa a'zolari Turkiyaga jo'nab ketishadi.
Фото: Навбаҳор ПФК
Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga berilgan qisqa muddatli taʼtil yakuniga yetib, nihoyat, vakillarimiz mashg'ulotlarga qaytishmoqda. Ertaga jamoa a'zolari poytaxtimiz Toshkentda yig'ilishadi va tibbiy ko'rikdan o'tishadi.
5-yanvardan e'tiboran esa mashg'ulotlarga kirishishadi. Ushbu yig‘inning bir hafta davom etishi rejalashtirilgan. Shundan so'ng, futbolchilarga qisqa muddatli hordiq beriladi va 14-yanvar kuni jamoa a'zolari Turkiyaga jo'nab ketishadi.
Qishki o'quv- mashg'ulot yig'inining qolgan qismini aynan Turkiyada davom ettirilishi ko'zda tutilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist