locale OZ

\"Navbahor\" ayollar jamoasidan yirik hisobda g‘alaba!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Navbahor" ayollar jamoasidan yirik hisobda g‘alaba!
PHOTO: Telegram

Ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing 5-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tur doirasidagi o‘yinda Karima Yuldasheva murabbiylik qilayotgan “Navbahor-Women” ayollar jamoasi Muborakda “Mash’al-Women” mehmoni bo‘lib, yirik – 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.


Ta’kidlash joizki, vakillarimiz tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishgandi va 2-bo‘limda yana 2 ta gol urib, yirik hisobdagi yutuqni rasmiylashtirishdi.


Ushbu o‘yinda ayollar jamoamizning tajribali yarim himoyachisi Zuhra Abdurahimova 3 ta gol urib, “xet-trik” qayd etgan bo‘lsa, yana bitta golga Ro‘zigul Tursunova mualliflik qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting